Ommaviy oferta

OMMAVIY OFERTA

(Platforma orqali reklama va yuk tashish agregator xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida)

Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–369-moddalariga muvofiq, «MARJAN AGENCY» Masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda – «Jamiyat») tomonidan «Marjon» mobil ilovasi va axborot platformasi (keyingi oʻrinlarda – «Platforma») orqali xizmat koʻrsatish maqsadida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) hamda yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda – «Haydovchi») yoʻllangan rasmiy ommaviy oferta hisoblanadi.

Haydovchi Platformada roʻyxatdan oʻtib, «Oferta shartlarini qabul qilaman» tugmasini bosgan paytdan boshlab mazkur Oferta shartlarini toʻliq va soʻzsiz qabul qilgan hisoblanadi va tomonlar oʻrtasida shartnoma tuzilgan deb eʼtirof etiladi.

1. ATAMALAR VA TAʼRIFLAR

1.1. Platforma — Jamiyatga tegishli boʻlgan «Marjon» mobil ilovasi, veb-platforma va dasturiy taʼminot majmuasi.

1.2. Reklama xizmati — Haydovchining transport vositasi kuzoviga reklama materiallarini joylashtirish va yurilgan masofaga qarab mukofot toʻlash xizmati.

1.3. Yuk tashish agregatori — Jamiyat tomonidan yuk egalari (Buyurtmachilar) va Haydovchilar oʻrtasida axborot almashinuvini taʼminlovchi elektron xizmat.

1.4. GPS-treker — transport vositasining harakatlanish masofasini oʻlchovchi va maʼlumotlarni Platformaga uzatuvchi elektron qurilma.

1.5. Ichki balans (Hamyon) — Platforma doirasida hisob-kitoblar amalga oshiriladigan elektron hisob.

2. SHARTNOMA PREDMETI

2.1. Haydovchi mazkur Shartnoma va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiq Jamiyatga xizmatlar koʻrsatishni, Jamiyat esa koʻrsatilgan xizmatlarni qabul qilib, belgilangan tartibda haq toʻlashni oʻz zimmasiga oladi.

2.2. Xizmatlarning turi, hajmi, muddati va qiymati Shartnomaga ilova va yoki qoʻshimcha kelishuvlarda belgilanadi.

2.3. Jamiyat Haydovchiga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

Jamiyat oʻzi ishlab chiqqan dasturiy mahsulot «Marjon» platformasi orqali Haydovchiga quyidagi xizmatlardan foydalanish imkonini yaratib beradi:

  • transport vositasida reklama joylashtirish imkoniyati;
  • yuk tashish buyurtmalarini qabul qilish va ijro etish uchun axborot xizmati;
  • elektron hisob-kitob va hisobot tizimi.

2.4. Jamiyat yuk tashish shartnomasining toʻgʻridan-toʻgʻri tomoni hisoblanmaydi va tashish xizmatini amaliy bajarmaydi, balki axborot-vositachilik (agregatorlik) funksiyasini amalga oshiradi.

3. REKLAMA XIZMATI SHARTLARI

3.1. Haydovchi oʻz avtomobiliga GPS-treker oʻrnatilishiga va uning maʼlumotlari Platformaga uzatilishiga rozilik beradi.

3.2. GPS maʼlumotlari «Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq qayta ishlanadi. Uchinchi shaxslarga faqat umumlashtirilgan analitik hisobot taqdim etiladi.

3.3. Davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali olinadigan reklama pasportini olish Platformaning majburiyati hisoblanadi.

3.4. Mukofot puli Haydovchining bir oy mobaynida reklama bilan bosib oʻtgan kalendar kunlaridan (masofasidan ham hisoblanishi mumkin) va platformaga yuklangan fotohisobotlari asosida hisoblanadi.

3.5. Toʻlov har oyda bir marta Platformadagi ichki balansga yoki Haydovchining bank kartasiga oʻtkaziladi.

3.6. Reklama qasddan shikastlanganda yoki GPS qurilmasi noqonuniy ravishda oʻchirilganda Jamiyat toʻlovni amalga oshirmaslik huquqiga ega.

4. YUK TASHISH AGREGATOR XIZMATI

4.1. Jamiyat Platforma orqali Haydovchiga yuk tashish buyurtmalari haqida axborot taqdim etadi.

4.2. Haydovchi buyurtmani qabul qilish orqali yuk egasi bilan mustaqil ravishda tashish munosabatlariga kirishadi.

4.3. Har bir muvaffaqiyatli bajarilgan buyurtma uchun Jamiyat komissiya haqini undirishi mumkin.

4.4. Komissiya miqdori buyurtmani qabul qilish paytida Platformada koʻrsatiladi.

4.5. Haydovchi yukning saqlanishi, yetkazib berish muddati va qonunchilik talablariga rioya qilish boʻyicha toʻliq javobgar hisoblanadi.

5. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Haydovchi majburiyatlari:

  • haqqoniy maʼlumotlar taqdim etish;
  • amaldagi transport va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish;
  • soliq majburiyatlarini mustaqil bajarish;
  • GPS qurilmasining ishlashini taʼminlash;
  • oʻz-oʻzini band qilgan shaxs (samozanyatiy / YATT) sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida qonuniy maʼlumotnomani (my.soliq.uz sayti orqali olinadigan maʼlumotnoma) taqdim etish va uning haqiqiyligini tasdiqlash.

5.2. Haydovchi huquqlari:

  • Platforma orqali reklama va yuk tashish xizmatlaridan ishtirok etish va daromad olish;
  • Platformada oʻz shaxsiy maʼlumotlarini va hisob-kitoblarni koʻrish va nazorat qilish;
  • Jamiyat tomonidan hisoblangan toʻlovlarni oʻz vaqtida olish;
  • yuqoridagi xizmatlar doirasida oʻz huquqlarini himoya qilish.

5.3. Jamiyat majburiyatlari:

  • Platformaning texnik ishlashini taʼminlash;
  • hisoblangan toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
  • Haydovchining shaxsiy maʼlumotlarini qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilish.

5.4. Jamiyat huquqlari:

  • Platforma orqali taqdim etilayotgan xizmatlarni nazorat qilish va xizmatlardan foydalanish qoidalarini belgilovchi tartibni belgilash;
  • Haydovchi qonun va shartnoma talablariga rioya qilmagan taqdirda mos choralar koʻrish;
  • Platforma xizmatlari uchun pul mukofoti (toʻlov) miqdorini belgilash va oʻzgartirish.

6. HISOB-KITOB VA SOLIQ MASALALARI

6.1. Barcha hisob-kitoblar elektron shaklda amalga oshiriladi.

6.2. Jamiyat oʻz komissiyasi boʻyicha soliq qonunchiligiga muvofiq hisob-kitob yuritadi.

6.3. Haydovchi oʻz daromadlari boʻyicha soliq majburiyatlarini mustaqil bajaradi.

7. JAVOBGARLIK

7.1. Umumiy qoida

7.1.1. Tomonlar ushbu Oferta boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladilar.

7.1.2. Javobgarlik ayb mavjud boʻlgan taqdirda yuzaga keladi (Fuqarolik kodeksiga muvofiq).

7.2. Platformaning javobgarligi

7.2.1. Jamiyat faqat Platformaning texnik ishlashini taʼminlash doirasida javobgar hisoblanadi.

7.2.2. Jamiyat quyidagilar uchun javobgar emas:

  • Haydovchi tomonidan yukning yoʻqolishi, shikastlanishi yoki kechiktirilishi;
  • Haydovchi va Buyurtmachi oʻrtasidagi shartnoma bajarilmasligi;
  • Haydovchining litsenziya, ruxsatnoma yoki soliq majburiyatlarini buzishi;
  • reklama materiallarining uchinchi shaxs tomonidan shikastlanishi;
  • GPS qurilmasiga Haydovchi tomonidan aralashish.

7.2.3. Jamiyat tashish shartnomasining tomoni hisoblanmaydi va tashuvchi yoki ekspeditor sifatida javobgarlikni olmaydi.

7.2.4. Jamiyat javobgarligi har qanday holatda Haydovchiga toʻlangan oxirgi 3 oylik komissiya summasidan oshmaydi.

7.3. Haydovchining javobgarligi

7.3.1. Haydovchi:

  • yukning saqlanishi;
  • yetkazib berish muddati;
  • qonunchilik talablariga rioya etish;
  • soliq majburiyatlarini bajarish

uchun toʻliq va mustaqil javobgar hisoblanadi.

7.3.2. Haydovchi uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun mustaqil ravishda javob beradi.

7.3.3. Agar Haydovchining harakatlari natijasida Jamiyatga daʼvo yoki jarima qoʻllanilsa, Haydovchi Jamiyatga yetkazilgan zararni toʻliq qoplash majburiyatini oladi (regress huquqi).

7.4. Tranzit mablagʻ boʻyicha javobgarlik

7.4.1. Wallet (elektron hamyon)ga tushgan mablagʻ tranzit hisoblanadi va Jamiyatning mulki hisoblanmaydi.

7.4.2. Jamiyat faqat texnik qayta taqsimlash uchun javobgar boʻladi.

7.4.3. Bank, toʻlov tashkilotlari (Payme, Click va boshqalar) tomonidan yuzaga kelgan texnik uzilishlar uchun Jamiyat javobgar emas.

7.5. Reklama yoʻnalishi boʻyicha

7.5.1. Notoʻgʻri yoki soxta maʼlumot taqdim etilgan taqdirda Jamiyat bir tomonlama tartibda akkauntni bloklash huquqiga ega.

8. MAXFIYLIK (KONFIDENSIALLIK)

8.1. Umumiy qoidalar

8.1.1. Tomonlar Platforma doirasida olingan barcha maʼlumotlarni maxfiy hisoblaydilar va ularni qonunchilikka muvofiq himoya qilish majburiyatini oladilar.

8.1.2. Maxfiy maʼlumotlarga quyidagilar kiradi:

  • shaxsiy maʼlumotlar (F.I.Sh., pasport maʼlumotlari, STIR, telefon raqami);
  • bank rekvizitlari;
  • GPS harakat maʼlumotlari;
  • tranzaksiya loglari;
  • yuk parametrlari va mijoz maʼlumotlari;
  • tijorat sirlari va analitik hisobotlar.

8.2. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash

8.2.1. Haydovchi Platformada roʻyxatdan oʻtish orqali oʻz shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi.

8.2.2. Shaxsiy maʼlumotlar quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi:

  • shartnomani bajarish;
  • hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • soliq va moliyaviy hisobot yuritish;
  • GPS monitoring orqali reklama hisoboti tayyorlash;
  • nizolarni hal etish.

8.2.3. Jamiyat shaxsiy maʼlumotlarni faqat qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yoki subyektning yozma/elektron roziligi asosida uchinchi shaxslarga taqdim etishi mumkin.

8.3. GPS maʼlumotlari

8.3.1. GPS orqali olingan maʼlumotlar:

  • reklama masofasini hisoblash;
  • analitik statistika;
  • shartnoma ijrosini nazorat qilish

maqsadida qoʻllaniladi.

8.3.2. Reklama beruvchilarga faqat umumlashtirilgan (anonimlashtirilgan) maʼlumotlar taqdim etiladi.

8.3.3. Davlat raqami, shaxsiy marshrutlar va shaxsni aniqlash imkonini beruvchi maʼlumotlar uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi.

8.4. Tranzaksiya va Wallet maʼlumotlari

8.4.1. Barcha moliyaviy operatsiyalar himoyalangan serverlarda saqlanadi.

8.4.2. Tranzit mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlar soliq va audit organlariga qonunchilikka muvofiq taqdim etilishi mumkin.

8.4.3. Jamiyat toʻlov tizimlari (bank, Payme, Click va boshqalar) bilan axborot almashishda maʼlumotlarni shifrlangan kanallar orqali uzatadi.

8.5. Tijorat sirini himoya qilish

8.5.1. Platformaning algoritmlari, tarif siyosati, analitik modellari va dasturiy taʼminoti Jamiyatning tijorat siri hisoblanadi.

8.5.2. Haydovchi ushbu maʼlumotlarni oshkor etmaslik majburiyatini oladi.

8.5.3. Maxfiy maʼlumotlarni noqonuniy tarqatish natijasida yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq undiriladi.

8.6. Maʼlumotlarni saqlash muddati

8.6.1. Shaxsiy maʼlumotlar shartnoma amal qilgan davrda va qonunchilikda belgilangan arxiv muddati mobaynida saqlanadi.

8.6.2. Shartnoma bekor qilinganidan soʻng maʼlumotlar:

  • yo arxivlanadi,
  • yo anonimlashtiriladi,
  • yo qonunchilikka muvofiq yoʻq qilinadi.

8.7. Maʼlumot subyektining huquqlari

Haydovchi quyidagi huquqlarga ega:

  • oʻz maʼlumotlariga kirish;
  • tuzatish kiritish;
  • qayta ishlashni cheklash;
  • rozilikni qaytarib olish (shartnoma bekor qilinishiga olib kelishi mumkin).

9. NIZOLARNI HAL ETISH

9.1. Mazkur ommaviy oferta shartnomasiga muvofiq yuzaga keladigan barcha nizo va kelishmovchiliklar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida hal etiladi.

9.2. Oferta shartlarini qabul qilish (aksept) orqali Taraflar mazkur shartnoma shartlariga rozilik bildirgan hisoblanadi va shartnoma kuchga kirgan deb eʼtirof etiladi.

9.3. Nizo yuzaga kelgan taqdirda, manfaatdor taraf ikkinchi tarafga yozma ravishda (shu jumladan elektron shaklda) talabnoma (pretenziya) yuboradi. Talabnoma 15 (oʻn besh) kalendar kun ichida koʻrib chiqilishi va javob berilishi shart.

9.4. Agar belgilangan muddat ichida nizo muzokara va pretenziya tartibida hal etilmasa, nizo sud tartibida hal etiladi.

9.5. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasidagi nizolar tegishli Iqtisodiy sudda koʻrib chiqiladi. Jismoniy shaxs ishtirokidagi nizolar fuqarolik ishlari boʻyicha tegishli tuman (shahar) sudida koʻrib chiqiladi.

9.6. Agar isteʼmolchi ishtirok etsa, nizolarni koʻrib chiqishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun talablari qoʻllaniladi.

9.7. Sudga murojaat qilish Taraflarning shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.

10. FORS-MAJOR HOLATLARI

10.1. Fors-major holatlari — tabiiy va inson tajovuzidan kelib chiqmaydigan, Taraflar nazoratida boʻlmagan va ularning shartnomaviy majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishini imkonsiz qiluvchi holatlardir. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi:

  • tabiiy ofatlar (zilzila, buran, suv toshqini, boʻron va h.k.);
  • urush, harbiy harakatlar, terrorchilik harakatlari, ommaviy noqonuniy namoyishlar;
  • yoʻl toʻsiqlari, transport vositalarining harakatlanishiga katta toʻsiqlar;
  • davlat organlari tomonidan yuzaga kelgan majburiy cheklovlar yoki taqiqlar (shu jumladan karantin, blokirovka, litsenziya va ruxsatnomalarning uzilishi);
  • kommunikatsiya, internet yoki IT platformasi faoliyatidagi toʻsiqlar (server buzilishi, elektr energiyasi yoki internet uzilishlari).

10.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, Taraflar shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaslik yoki kechiktirish uchun javobgar hisoblanmaydi.

10.3. Fors-major holatida taʼsirlangan Taraf kechiktirilgan yoki bajarilmagan majburiyatlarning amalga oshirilishi haqida boshqa Tarafni yozma ravishda xabardor qilishi shart. Bu xabarnoma holat yuzaga kelgan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kun ichida taqdim etiladi.

10.4. Fors-major holatining davomiyligi orqali taraflar majburiyatlarini muzokaralar orqali qayta kelishib, shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega.

10.5. Fors-major holatlari tugaganidan soʻng, Taraflar shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini tez orada bajarishga harakat qiladilar.

11. KUCHGA KIRISH VA MUDDAT

11.1. Mazkur Oferta Taraflar tomonidan aksept qilingan paytdan kuchga kiradi. Haydovchi Platformada roʻyxatdan oʻtib, «Oferta shartlarini qabul qilaman» tugmasini bosgan paytda Oferta toʻliq qonuniy shartnoma sifatida amal qiladi.

11.2. Oferta nomuayyan muddatga tuziladi va Taraflar tomonidan bekor qilinmagan yoki oʻzgartirilmagan paytga qadar amal qiladi.

11.3. Jamiyat istalgan vaqtda Oferta shartlariga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Yangi tahrir Platformada eʼlon qilingan paytdan kuchga kiradi.

11.4. Agar Haydovchi yangi tahrirni qabul qilmasa, Platformadan foydalanishni toʻxtatishi kerak boʻladi. Yangi tahrirni qabul qilgan paytda esa Oferta toʻliq kuchga kiradi.

11.5. Mazkur Oferta muddati tugagan taqdirda, Taraflar oʻrtasidagi hamkorlik toʻliq toʻxtaydi, biroq oldingi toʻlovlar va majburiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

12. YAKUNIY QOIDALAR

12.1. Mazkur ommaviy oferta nomuayyan muddatga tuziladi va Taraflar tomonidan aksept qilingan paytdan kuchga kiradi.

12.2. Oferta shartlari elektron shaklda tuzilgan shartnoma hisoblanadi va yozma shaklga tenglashtiriladi.

12.3. Jamiyat istalgan vaqtda oferta shartlariga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Yangi tahrir Platformada eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

12.4. Mazkur Ofertaga muvofiq yuzaga keladigan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq tartibga solinadi.

12.5. Agar Ofertadagi biron-bir band qonuniy talablarga zid boʻlsa, bu band kuchdan chiqariladi; qolgan bandlar oʻz kuchida qoladi va Taraflar uchun majburiy hisoblanadi.

12.6. Barcha iltimoslar, xabarnomalar va boshqa aloqa Platforma orqali yoki elektron pochta, SMS yoki mobil ilova orqali amalga oshirilishi mumkin.

12.7. Mazkur Oferta va unga qoʻshimchalar Taraflar oʻrtasidagi toʻliq kelishuvni tashkil qiladi va avvalgi har qanday ogʻzaki yoki yozma kelishuvlarni bekor qiladi.

13. JAMIYAT REKVIZITLARI

«MARJAN AGENCY» MCHJ

Manzil: Toshkent sh., Uchtepa tumani, Zulfizar MFY, Takachi koʻchasi, 32-uy
STIR: 310865041
Bank: «Kapitalbank» ATB Chorsu filiali
H/r: 20208 00080 57079 23001
MFO: 01158
Telefon: (78) 113-94-49
E-mail: support@marjon.uz
Direktor: J.N. Mustafayev